ShHT sammiti mehmonlariga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Call-markaz yo‘lga qo‘yildi
SSV matbuot xizmati ShHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun «1303» qisqa raqamli Sall-markaz xorijiy tillarda xizmat ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradigan chet ellik rasmiy delegatsiya vakillari va mehmonlarga zarur holatlarda sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Samarqand shahrida tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi 1303 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
SSV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yerda mutaxassislar tomonidan ingliz, rus va xitoy kabi xorijiy tillarda tibbiy murojaatlar qabul qilinadi.
Shuningdek, zarurat tug‘ilganda, tarkibida deyarli barcha ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar jamlangan 50 ta tibbiy brigada ShHT sammiti delegatsiyalari a’zolariga xizmat ko‘rsatish uchun shay holatga keltirilgan.
Bundan tashqari, har bir delegatsiya vakillaridan Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashishidan oldin koronavirusga qarshi PZR testlari olinadi. Shu maqsadda sammit ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan mehmonxonalarning har birida tibbiy mobil guruhlar tashkil etilgan.
Mavzuga oid

16:41
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

19:50 / 05.03.2025