Mulkka taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar banki joriy etiladi

Foto: 123RF
Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
1 oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab (xatlab) qo‘yilgani, taqiqlab (xatlab) qo‘yish bekor qilingani to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi.
Elektron ma’lumotlar bankiga kiritishda:
- jismoniy shaxsga oid va avtomototransport vositalariga oid ma’lumotlar – IIV;
- yuridik shaxsga oid ma’lumotlar – Adliya vazirligi;
- ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlar – Kadastr agentligi;
- qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga oid ma’lumotlar – Agrosanoat majmui inspeksiyasi;
- attraksionlar va ko‘tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma’lumotlar – Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi;
- kemalarga oid ma’lumotlar – Transport vazirligi;
- kichik hajmli kemalarga oid ma’lumotlar – FVV Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Elektron ma’lumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi. Notarius elektron ma’lumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.
Mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo‘yish, uni bekor qilishda to‘lov undirilmaydi. Murojaatga asosan elektron ma’lumotlar bankida mavjud ma’lumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki YaIDXP orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi
Sport | 22:13
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
Mavzuga oid

09:11 / 05.06.2025
Tramp 12 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqladi

16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi

12:13 / 07.03.2025
Fuqaro o‘zi nomiga kredit rasmiylashtirishga taqiqni qanday o‘rnatishi mumkin?

15:54 / 07.02.2025