BMT bosh kotibi Ukrainaga bordi
Guterresh Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi.

Foto: RIA Novosti
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Lvov shahriga keldi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.
"Biz Lvov shahriga keldik", - dedi Dyujarrik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterresh Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashadi.
Shuningdek, BMT bosh kotibi juma kuni Odessada bo‘ladi. Keyingi kuni esa Istanbuldagi muvofiqlashtirish markaziga tashrif buyuradi.
Bosh kotib Moskvaga borishni hozircha rejalashtirmayapti, deya qo‘shimcha qildi Stefan Dyujarrik.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025
BMT Xalqaro sudiga yangi rais saylandi

08:23 / 25.02.2025