AQSh yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga milliardlab sarmoya kiritadi
Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, AQShda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sarmoyalar mamlakatga «XXI asrning iqtisodiy raqobatida g‘alaba qozonishiga» yordam beradi.

Foto: Getty Images
AQSh mahalliy sanoatning asosiy tarmoqlarini, jumladan, mamlakatda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga o‘nlab milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. AQSh prezidenti Jo Bayden 9 avgust, seshanba kuni yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni imzolab, uning yordami bilan AQSh «XXI asrning iqtisodiy raqobatida g‘alaba qozona olishini» ta’kidladi.
Kongress ushbu hujjatni iyul oyi oxirida tasdiqladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday qonunning qabul qilinishi, ayniqsa, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar nuqtayi nazaridan Bayden uchun muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga ko‘ra, AQShda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun 52,7 milliard dollar yo‘naltirilishi kerak. Qonun loyihasida AQShning tashqi ta’minotga qaramligini kamaytirish va Xitoy bilan raqobatda mamlakat mavqeyini mustahkamlash nazarda tutilgan.
Mamlakat prezidenti tomonidan qonun imzolanishidan biroz avval Amerikaning kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchi Micron kompaniyasi AQShda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga 40 milliard dollar sarmoya kiritish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Kompaniya «joriy o‘n yillikning ikkinchi yarmida» ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanini ta’kidladi, ammo zavodlarni aynan qayerda qurmoqchiligini aniqlashtirmadi.
O‘z navbatida, Bayden yana ikkita Amerika korxonasi - GlobalFoundries va Qualcomm birgalikda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga xorijda emas, balki AQShda 4 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi ekanligini aytdi.
Reuters agentligi va Ipsos instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, joriy haftada AQShda Baydenni jamoatchilik qo‘llab-quvvatlashi 40 foizgacha ko‘tarilib, iyun oyi boshidan beri eng yuqori darajaga yetdi. May oyida Jo Baydenning AQSh prezidenti sifatidagi faoliyatini mamlakat aholisi orasida ma’qullash darajasi ayniqsa past bo‘lgan: 36 foiz.
Mavzuga oid

13:35
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi

11:03
Axios: Netanyahu G‘azo va tariflarni muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi

21:31 / 04.04.2025
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi

21:02 / 04.04.2025