Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shamol va quyosh o‘rniga: Yaponiyada ekologik toza energiyaning bitmas-tuganmas manbayini topishdi
Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish butun dunyo bo‘ylab rivojlanib borayotgan bir paytda, Yaponiya shamol yoki quyoshga tayanmasdan, deyarli cheksiz energiya oqimini ta’minlaydigan tizimni sinovdan o‘tkazdi.

Foto: Anastasia Taioglou / Unsplash
Suvosti elektr generatori qanday ishlaydi
Yaponiyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tizimda okean tubiga turbina o‘rnatiladi. Dengiz tubida tezligi va yo‘nalishi juda kam o‘zgaradigan barqaror oqimlar bor. Turbina ulardan elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
«Kayryu» turbinasi Yaponiyaning og‘ir mashinasozlik sohasi vakili IHI korporatsiyasi tomonidan qurilgan. Uni sinash va ishlab chiqarish uchun 10 yil vaqt sarflangan. 2022 yilning fevral oyida IHI Yaponiyaning janubi-g‘arbiy akvatoriyasida uch yarim yillik sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi.
Ulkan «Kayryu» turbinasi samolyotni eslatadi. U ikkita 10 metrlik qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadigan parrakli turbina va suzishni boshqarish tizimini o‘z ichiga olgan markaziy korpus blokidan iborat. Qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadigan parraklar generatorni suv ostida barqaror ushlab turish imkonini beradi.
Sinovlar nimani ko‘rsatdi
Sinovlar Yaponiyaning janubi-sharqiy sohillaridagi iliq Kurosio oqimida o‘tkazildi. 330 tonnalik uskuna 30-50 metr chuqurlikka o‘rnatildi. Generator okean oqimining tezligiga mos ravishda turbina parraklarini egilish burchagini o‘zgartiradigan mexanizmni o‘z ichiga oladi. Bu esa tizimga energiyani iloji boricha samarali ishlab chiqarish imkonini beradi.
Tizimga texnik xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lganda, operatorlar uni suv ostidan ko‘tarish imkoniga ega edi. Bu texnik xodimlarga qulaylik tug‘dirdi.
Endi uzoq muddatli reja – dunyodagi eng kuchli okean oqimlaridan biri bo‘lgan Kurosioda bir necha turbina o‘rnatish va suvosti kabellari orqali elektr quvvatini uzatish.
Rivojlanish istiqbollari qanday?
Turbinani ishlab chiqargan kompaniyaning ma’lum qilishicha, sinovlar natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun suvosti oqimlaridan ko‘proq foydalanish imkoniyatlari borligi aniqlandi.
Suvosti oqimlaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi suzuvchi turbinalar kelajakda elektr energiyasini an’anaviy tarzda olish qiyin bo‘lgan olis orollar uchun arzon energiya manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, Yaponiyaning katta orollarini quvvat bilan ta’minlashi kutilmoqda.
«Kayryu» birinchi suvosti turbinasi bo‘lsa-da, Yaponiyada okeanning energiya saqlash va ishlab chiqarish imkoniyatlariga qiziqish keskin oshdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar Kurosio oqimining barcha imkoniyatlaridan foydalanilsa, u Yaponiyani elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlashi mumkin. Kurosio kengligi 100 kilometrgacha bo‘lgani sababli, keng ko‘lamli elektr ishlab chiqarish fermasini yaratish uchun unga ko‘plab generatorlar o‘rnatilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda shamol va quyosh energiyasi uskunalari, shuningdek, batareyalar narxi pasayishda davom etar ekan, IHI ham ushbu loyihani iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh ekanini ko‘rsatishi kerak.
Kompaniya hisob-kitobiga ko‘ra, okean oqimidan olinadigan energiyaning har bir kilovatt-soati uchun taxminan 20 iyena (8 dollardan sal ko‘proq) sarflanadi. Taqqoslansa, quyosh energiyasiniki 17 iyena, shamol energiyasiniki 12-16 iyena. Biroq, quyosh va shamol energiyasidan farqli o‘laroq, suvosti oqimi doimiy va barqarordir. Bu esa kelajakda Yaponiya energiya ehtiyojlarining juda muhim qismiga aylanishi mumkinligini anglatadi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

08:05 / 14.07.2025
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025