Litva temiryo‘llari Kaliningradga sanksiya ostidagi tovarlar tranzitini tikladi
Sanksiya ostidagi tovarlarni Kaliningradga temiryo‘l orqali olib o‘tishga ruxsat berildi, Litvadan avtomobilda tashish taqiqlandi.

Foto: Picture Alliance
Litva temiryo‘llari (LTG Cargo) avvalroq YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan yuklarning Kaliningrad viloyatiga tranzitini tikladi. Bu haqda 22 iyul, juma kuni LRT Litva milliy radio va televideniyesi efirida LTG Cargo kompaniyasi vakili Mantas Dubauskas ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xaridorlar allaqachon xabardor qilingan. Dubauskasning qo‘shimcha qilishicha, bunday yuklarni tashish uchun kodlar tekshiriladi va nazorat tizimiga kiritiladi.
«Biz tushuntirishlar oldik», dedi LTG Cargo vakili. Yevrokomissiya 20 iyul kuni vaziyatga oydinlik kiritdi: sanksiya ostidagi yuklarning temiryo‘l orqali tranzitiga ruxsat berilgan, avtotransportda esa taqiqlanganligicha qolmoqda.
Mintaqa hukumati matbuot xizmati rahbari Dmitriy Liskov, o‘z navbatida, yaqin kunlarda Kaliningrad oblastiga 60 vagon sement jo‘natilishini aytdi.
Litvada 11 iyul kuni Yevroittifoqqa sement, spirt va Rossiyada ishlab chiqariluvchi boshqa qator tovarlarni olib kirishga taqiq kuchga kirdi. Cheklovlar, shuningdek, yog‘och va sanoat kimyoviy moddalariga ham tegishli.
Litva Tashqi ishlar vazirligi Kaliningrad oblasti va RFning boshqa hududlari o‘rtasida quruqlikdagi tranzit to‘xtatilmagani yoki to‘sib qo‘yilmaganini ta’kidladi. «YeI sanksiyalariga taalluqli bo‘lmagan yo‘lovchilar va yuklarning tranziti davom etmoqda. Litva ushbu tranzitga hech qanday bir tomonlama, individual yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmagan», - deyiladi TIV xabarida.
YeI sanksiyalarining to‘rtinchi to‘plami Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuziga javob tariqasida mart oyida kiritilgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi

19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi

11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi

23:04 / 16.04.2025