Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Jinoyat ishi tergovini Kaliningrad oblasti prokuraturasi nazoratga olgan.

Foto: Ruwest
Rossiyaning Kaliningrad shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridan to‘rt nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Tergovchilar ularning o‘limida jinoyat alomatlari aniqlamagan.
Qayd etilishicha, Gagarin ko‘chasidagi 22-uydagi xonadon salkam bir oy oldin ijaraga berilgan — u yerga to‘rt nafar erkak ko‘chib o‘tgan. Ular Kaliningradga O‘zbekistondan ishlash uchun borgan.
Qo‘shnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan, ko‘p ishlab, uyga kam kelishganini ta’kidlagan.
«Yaxshi odamlar edi. Har kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda chiqib ketardi, kechqurun ham soat to‘qqizlar atrofda qaytib kelardi. Faqat eshik yopilish ovozini eshitardim, o‘zi juda osoyishta edi», — deya eslaydi Lyudmila ismli ayol.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Oblast tergov qo‘mitasining versiyasi bo‘yicha, ijaradagi kvartirada gaz jihozlariga noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgan bo‘lgan.
«Jinoyat ishi tergovi oblast prokuraturasi nazoratida. Ularning o‘limida kvartira egasi javobgar bo‘lishi mumkin. «Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish» moddasi bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida maksimal jazo — 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi», — deydi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbarining Kaliningrad oblasti bo‘yicha katta yordamchisi Natalya Gatsko.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

19:01 / 10.07.2025
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

00:28 / 10.06.2025
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

20:36 / 05.06.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

23:26 / 19.05.2025