AQSh va Eron delegatsiyalari yadroviy shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi
Qatar poytaxti Dohada AQSh va Eron delegatsiyalari yadroviy shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.
AQSh va Eron delegatsiyalari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda yadroviy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Robert Melli ma’lum qildi.
"Eron delegatsiyasi shartnomaga qaytish niyatini bildiradi degan umid bor edi, ammo ular javob bera olishmadi. Bu imkoniyat boy berildi", - dedi Melli.
U shuningdek, Eron yadro quroli yaratish uchun zarur bo‘lgan xomashyoni olishga ancha yaqinlashganini qayd etdi hamda bu AQSh va uning sheriklarini xavotirga solayotganini aytdi.
2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron yadroviy kelishuv imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, Eron yadroviy dasturini cheklash evaziga unga qarshi kiritilgan sanksiyalar olib tashlanishi lozim edi. 2018 yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp yadroviy kelishuvdan chiqib ketdi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi.
Eron bunga javoban kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bosqichma-bosqich kamaytirib borishini bildirdi.
Mavzuga oid

10:07
Eronga neft sotish: Tramp ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qildi

09:25
AQSh Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakilini tayinladi

00:52
Zelenskiy Trampdan eng kuchli kartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri

23:22 / 01.05.2025