Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh keyingi 100 kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga urinib ko‘radi
Vitse-prezident Jyey Di Vens Rossiya va Ukraina pozitsiyalari o‘rtasida «juda katta tafovut» borligini aytdi. Shu bilan birga, u «birinchi va zarur qadam» tashlanganini ta’kidladi.

Foto: Reuters
Urushni yakunlash masalasi bo‘yicha Rossiya va Ukraina pozitsiyalari o‘rtasida «juda katta tafovut» bor va Oq uy ularning pozitsiyalarini yaqinlashtirish ustida ish olib boradi. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Donald Tramp prezidentligining keyingi 100 kunligiga bag‘ishlangan Fox News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Suhbat davomida Vensdan Rossiya—Ukraina urushini yakunlash borasidagi muzokaralar qaysi bosqichda ekani so‘raldi. AQSh vitse-prezidenti mojaroni hal etishning «birinchi va zarur qadami» — har bir tomonning tinchlik rejalari nimalardan iboratligini aniqlash ekanini ta’kidladi.
«Va bu allaqachon sodir bo‘ldi. Ukrainaliklar «Biz shularni xohlayamiz», dedi. Ruslar ham «Bu esa biz istayotgan narsalar», dedi va navbatdagi diplomatik ish ushbu ikki tomonni yaqinlashtirishga urinish bo‘ladi. Chunki ruslar va ukrainlar xohlayotgan narsalar o‘rtasida juda katta tafovut bor», — deydi Vens.
Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, endi Tramp ma’muriyati Moskva va Kiyev o‘rtasida muzokaralarni tashkillashtirishga urinadi. «Shunday qilib, birinchi qadam tashlandi. Bizda tinchlik takliflari bor va biz keyingi 100 kun davomida bu yigitlarni bir joyga to‘plash ustida juda qattiq ishlash niyatidamiz», — deya qayd etidi Vens.
29 aprel kuni Donald Tramp ikkinchi marta AQSh prezidenti lavozimiga rasman kirishganiga 100 kun to‘ldi. Saylovoldi kampaniyasi davomida u Rossiya—Ukraina urushini 24 soat ichida to‘xtatishga va’da bergandi, ammo Tramp hozirga qadar bu ishni uddalay olmadi.
AQSh bir necha oydan beri har ikki tomon bilan alohida-alohida muzokaralar o‘tkazmoqda. Avvaliga Vashington 30 kunga o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga erishmoqchi bo‘ldi. Biroq sulh tuzish yo‘lidagi urinishlar barbod bo‘ldi — Ukraina taklifni qabul qildi, ammo Rossiya uni rad etdi. Shu bilan birga, Vashington agar tomonlar yaqin vaqtlar ichida kelisha olmasa, muzokaralardan chiqish bilan tahdid qildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

08:38
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi

07:48
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi

22:31 / 15.07.2025
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?

21:23 / 15.07.2025