Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga parranda go‘shti asosan Polshadan olib kelinmoqda
5 oyda O‘zbekistonga qariyb 20 ming tonna parranda go‘shti import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: TASS
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 19,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 20 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.
Qayd etilishicha, parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 966 tonnaga oshgan.
2022 yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar orasida Polsha yetakchilik qilmoqda – 5,5 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Turkiya – 3,4 ming tonna;
- Rossiya – 3 ming tonna;
- Belgiya – 2,3 ming tonna;
- AQSh – 1,8 ming tonna;
- Niderlandiya – 858 tonna;
- Litva – 690 tonna;
- Germaniya – 443 tonna.
Bundan oldin O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 8 ming tonna gilos yetkazib bergani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14
-
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:12
-
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi
O‘zbekiston | 15:09
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

12:09 / 02.07.2025
Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi e’lon qilindi

11:25 / 01.07.2025
Iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi

13:25 / 26.06.2025