Putin sentabrda Samarqanddagi ShHT sammitiga keladi

Foto: Kreml rasmiy sayti
Rossiya prezidenti Samarqand shahrida o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkilotining 27-sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Ushakov Rossiya prezidentining yaqin vaqtlarda rasmiy tadbirlarda ishtiroki haqida ma’lumot bergan. Unda Putin sentabr oyida ShHT sammitida ishtirok etishi aytilgan. Tashkilotning 27-sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Ushakovga ko‘ra, Rossiya prezidentining AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashish rejasi yo‘q, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan esa uchrashuv rad etilmagan, lekin kerakli tayyorgarlik talab qiladi.
Ma’lumot uchun, ShHT sammiti ilk marta Samarqandda o‘tkaziladi. Bungacha O‘zbekiston mezbon bo‘lgan sammitlarni uch marta Toshkent shahri qabul qilgan. O‘zbekiston oxirgi marta 2016 yil ShHT sammitiga mezbon bo‘lgandi. Samarqand tashkilot sammitiga mezbonlik qiladigan 15-shahar bo‘ladi.
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

13:58 / 16.05.2025
Rubio: Faqat Tramp-Putin uchrashuvi natija beradi

23:46 / 15.05.2025
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi

19:34 / 15.05.2025