Rubio: Faqat Tramp-Putin uchrashuvi natija beradi
Ukraina va Rossiya vakillarining Istanbuldagi muzokaralari Ukrainada tinchlik jarayonini boshlamaydi, deydi AQSh davlat kotibi.

Foto: Reuters
Ukrainadagi tinchlik jarayoni Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingina boshlanadi, dedi AQSh davlat kotibi Marko Rubio 16 may, juma kuni. «Bu qachon va qayerda bo‘lishini bilmayman, ammo bu hozircha yagona imkoniyat. (...) Biz bir necha oylik ish davomida bilib oldikki, prezident Tramp Vladimir Putin bilan bir stolga o‘tirmaguncha hech narsa bo‘lmaydi», dedi u Fox News efirida.
Vladimir Putinning Istanbulda Ukraina tomoni bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarda qatnashishdan bosh tortganiga izoh berar ekan, Donald Tramp ham uning Rossiya prezidenti bilan uchrashuvisiz Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish bo‘lmasligini ta’kidladi. «Shubhasiz, u (Putin) bormoqchi emas edi. U buni qilmoqchi edi, lekin men boraman deb o‘ylagandi. Men bo‘lmaganim uchun u bormadi», — dedi Tramp Qatardan BAAga uchayotgan prezidentning Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu uchrashuv imkon qadar tezroq bo‘lib o‘tishi kerak, «chunki juda ko‘p odam nobud bo‘lmoqda». Putinning Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga kiritilmaganidan hafsala pir bo‘ldimi, degan savolga AQSh prezidenti: «Mening umuman hafsalam pir bo‘lmadi», deb javob berdi. U Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Turkiyaga yuborilgan Rossiya delegatsiyasi a’zolari haqida «ma’lumot olmaganini» ta’kidladi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari oldidan Donald Tramp, agar bu yordam bersa va har ikki yetakchi – Rossiya va Ukraina Istanbulga kelsa, Yaqin Sharqqa safarini to‘xtatish mumkinligini inkor etmadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi
Jahon | 00:45
-
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi
Jahon | 00:21
-
Yaponiyaning Oyga uchirgan moduli qo‘nish vaqtida falokatga uchradi
Fan-texnika | 00:05
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
Mavzuga oid

23:33 / 06.06.2025
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi

22:08 / 06.06.2025
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

19:40 / 06.06.2025
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58 / 06.06.2025