Qashqadaryoda uyida eshak so‘yish bilan shug‘ullangan er-xotinga jazo tayinlandi
Oila boshlig‘i o‘n sutkaga qamalgan va eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarimaga tortilgan. Uning xotiniga eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida jarima belgilangan.

Videodan kadr
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida eshak suyish bilan shug‘ullangan oila aniqlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan qonunbuzarlarga sud qarori e’lon qilingan.
Eshonquduq mahallasi Abduhamid qishlog‘idagi xonadonlardan birida eshak so‘yib kelingani haqida xabarlar tarqalgach, mas’ullar holatni o‘z nazoratiga olgani aytilgandi.
G‘uzor tumanidagi maktab internatda o‘tkazilgan sayyor sud majlisida o‘z xonadonida eshak so‘yishni kasb qilib olgan fuqaro N.R. va uning turmush o‘rtog‘i S.A.ning xatti-harakatlari ko‘rib chiqilgan va holat yuzasidan qaror chiqarilgan.
Unga ko‘ra, fuqaro N.R.ga nisbatan MJtKning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) 2-qismi va 161-moddasi (shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish) bilan 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, N.R.ga eng kam ish haqining uch barobari, uning xotini S.A.ga nisbatan esa MJtKning 111-moddasiga asosan eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida jarima belgilangan.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

15:46 / 03.10.2023
Buxorolik erkak “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishgan g‘uzorlik ayolni o‘ldirib qo‘ydi

10:19 / 09.04.2023