Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroport uzoq, yo‘llar nosoz, infratuzilma qoniqarli emas - O‘zbekistonning Britaniyadagi sayyohlik elchisi Mo‘ynoq haqida
O‘zbekistonning Londondagi sayyohlik elchisi Sofi Ibbotson Mo‘ynoqning turistik salohiyatini oshirish haqida fikr bildirib, Nukus xalqaro aeroportining shahardan uzoqligi, Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘llar nosozligi hamda infratuzilma qoniqarli darajada emasligini ta’kidlagan.

Foto: Gazeta.uz
U borish va qaytish oson va tez, qolaversa, yashash sharoitlari yaxshi bo‘lgan shaharlarda turistlar soni tez ortishini aytib, rasmiylarni Mo‘ynoqqa ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi.
6−8 may kunlari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida kemalar qabristoni yonida «Stixiya» musiqiy festivali va uning doirasida ko‘plab forum hamda mutaxassislarning uchrashuvlari o‘tkazildi.
Ushbu festivalda 1,5 mingdan ortiq mahalliy va 10 dan ortiq davlatdan xorijlik turistlar, qolaversa, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm brendi elchisi Sofi Ibbotson ham ishtirok etdi.
Sofi Ibbotson «Gazeta.uz» bilan suhbatda «Stixiya»ning Mo‘ynoq uchun ahamiyati va hududning sayyohlar uchun noqulaylik jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Stixiya» festivalining ahamiyatini uning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi mashhur shaharlarda emas, aynan Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilayotganidan ham bilish mumkin.
«Bu hudud uchun yildan yilga katta foyda olib kelishi mumkin. Ikkinchi ijobiy jihati esa “Stixiya” mahalliy aholini ularning hududi qanchalik jozibador va sayohatbop joy ekanini namoyish etishiga imkon yaratadi. Shu sababli ham yildan yilga bu festival shaydolari ko‘payib bormoqda. O‘ylashimcha, bu mahalliy aholi ham turistlarga moslashib, ularga mos sharoitlarni ko‘proq yaratishi, ham buning ortidan o‘zlarining moliyaviy ahvolini yaxshilab olishiga katta imkoniyatdir», — dedi Sofi Ibbotson.
Qolaversa, elchi turistlar soni keskin oshib ketmayotganining sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Turistlarning ko‘pchiligi asosan Mo‘ynoq xususan, Orol dengizining arxeologiyasi, Orol fojiasi va bu yerliklarning madaniyati bilan tanishish uchun kelishadi. Va ularning faqat mavsum payti kelishi hamda soni kamligining sababi shuki — infratuzilma qoniqarli darajada emas», — dedi u.
Sofi Ibbotsonning ta’kidlashicha, mas’ullar quyidagilarga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak: tezyurar poyezdlar yoki aviaqatnovlarni ko‘paytirish, Nukusda xalqaro aeroport bor, ammo u yerdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan (200 kmlik) yo‘l ham yaqin emas. «Boz ustiga yo‘llar nosoz, ularni tuzatish kerak. Qayer bo‘lishidan qat’i nazar, borish va qaytish oson va tez, u hududda yashash qulay bo‘lsa, o‘sha hududga odamlar oqimi ko‘payadi», — dedi u.
Borilgan hududda kutib olish va kuzatish, turistlarni hudud bilan tanishtiruvchi malakali mutaxassislar mavjudligi, umuman, mamlakatda turizm siyosati yaxshi rivojlangan bo‘lsa, turistlar soni ortishi kafolatlanadi, degan fikrda O‘zbekistonning sayyohlik elchisi.
Sofi Ibbotson mansabdorlarni Mo‘ynoqni yanada rivojlantirishga, infratuzilma va turistlar uchun sharoitlarni yaxshilashga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirgan.
Bundan oldin O‘zbekiston va Qozog‘iston Senati vakillari Orol dengizini ko‘zdan kechirgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
-
Abbos Fayzullayev TsSKA bilan ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Sport | 22:15
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
Mavzuga oid

10:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Britaniyaning iqtisodiy yo‘nalishdagi "aql markazlari" hamkorlik qiladi

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025