O‘zbekiston | 15:50 / 26.04.2022
4319
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Yangi tashkil etilgan Turizm va madaniy meros vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Baxtiyor Ibragimov turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar, u Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori bo‘lgan.

Nusratilla Zikrillayev turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi bo‘lgan.

Botirjon Shahriyorov 2021 yil mayidan buyon turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevralida Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilgan, Sportni rivojlantirish vazirligiga Adham Ikromov, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, 2021 yil aprelidan buyon turizm va sport vaziri bo‘lgan (undan avval Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbari) Aziz Abduhakimov esa Turizm va madaniy meros vazirligi rahbari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid