Jahon | 23:07 / 16.04.2022
29952
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning eng boy odami Mariupolni tiklashga va’da berdi

Rinat Axmetov Forbes reytingida ukrain milliarderlari orasida birinchi o‘rinda joylashgan. Mariupolda Axmetovga tegishli ikkita korxona: Ilich nomidagi metall kombinati va «Azovstal» zavodi joylashgan.

Foto: Getty Images

Ukrainaning eng boy biznesmeni Rinat Axmetov Mariupolni tiklashga yordam berishini aytdi.

«Biz butun Ukrainani tiklaymiz», — dedi Axmetov.

Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, uning maqsadi Mariupolga qaytish va «Mariupol po‘lati yana avvalgidek jahon bozorida raqobat qila olishi uchun» yangi ishlab chiqarish rejalarini amalga oshirishdan iborat.

Mariupolda Axmetovga tegishli ikkita korxona: Ilich nomidagi metall kombinati va «Azovstal» zavodi joylashgan.

«Mariupol — dunyoviy fojia va qahramonlikning dunyoviy namunasi», — dedi Axmetov.

Axmetov 23 fevralda Ukrainaga qaytgani va hamon o‘sha yerda ekanligini aytdi. 

Axmetov Forbes reytingida ukrain milliarderlari orasida birinchi o‘rinda joylashgan. Uning boyligi miqdori 4,2 mlrd dollar deb baholanadi.

Mavzuga oid