Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF Ozarboyjon harbiylari Tog‘li Qorabog‘dagi qishloqdan olib ketilganini ma’lum qildi. Boku rad etdi

Foto: Aziz Karimov/Getty Images
RF mudofaa vazirligi so‘nggi kunlarda keskinlik yangilangan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat rossiyalik tinchlikparvar kuchlar tomonidan «barqarorlashtirilgani» haqida ma’lumot berdi.
«Muzokaralar natijalariga ko‘ra, Ozarboyjon tomoni Farrux aholi punkti hududidan o‘z bo‘linmalarini olib chiqdi», deyiladi xabarda.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi esa rossiyalik harbiylarning da’vosi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Rasmiy Boku Ozarboyjon harbiylari qishloqdagi o‘z o‘rnida qolayotgani va «operativ vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgani»ni ta’kidlagan.
- Tog‘li Qorabog‘dagi navbatdagi keskinlik 24 mart kuni boshlandi. Hududda tinchlikparvar missiyani bajarib kelayotgan Rossiya harbiylari talqiniga ko‘ra, Ozarboyjon harbiylari Rossiya mas’ul bo‘lgan hududga kirgan va Tog‘li Qorabog‘ respublikasi armiyasi pozitsiyalariga dronlar orqali zarba bergan. Rossiya mudofaa vazirligi 26 mart kuni Ozarboyjonga qo‘shinni hududdan olib chiqishni so‘rab murojaat yuborgan.
- Ozarboyjon tomoni esa ro‘y bergan hodisalarni o‘z hududlarini aniqlashtirish bilan izohladi va harbiylar o‘z hududida ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, Ozarboyjon Rossiya tomonidan «Tog‘li Qorabog‘» jumlasini ishlatmaslikni va Ozarboyjon hududlarining nomini to‘g‘ri ko‘rsatishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:58
-
JSST omboriga hujum qilgan Isroil, Ahmad ash-Shar’aga uyushtirilgan suiqasdlar va yana YuNeSKOdan chiqayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

09:54
Yerevan Boku bilan YeXHT Minsk guruhini tarqatib yuborish shartini muhokama qilmoqda

15:45 / 22.07.2025
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

14:51 / 22.07.2025
O‘zbekiston va Ozarboyjon savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qildi

13:11 / 22.07.2025