Ziyo tarqatayotgan Farg‘onadagi «velosiped – do‘kon»
Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Sardor Madg‘oziyev kitob savdosi bilan shug‘ullanadi. U joylarda kitob do‘konlari tarmog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Yosh tadbirkor mahalliy ustalar yordamida sayyor do‘konni velosipedga moslashtirib, aholini kitob bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘ydi.
«Chekka hududlarda kitob savdosini yanada rivojlantirish, kitobxonlarga yetib bormayotgan kitoblarni tez, arzon va sifatli yetkazish uchun sayyor kitob ko‘chma do‘konini tashkil qildik. Bu g‘oya eng avvalo, sirdaryolik tadbirkor Bekzodjon tomonidan birinchi bo‘lib yaratilgan.
Biz o‘sha tadbirkor g‘oyasidan andoza olib, qo‘shimcha tarzda ikki tomoni ochiladigan, joylarga minib boradigan velosiped do‘kon yasab, g‘oyani yanada takomillashtirdik. Ko‘chma do‘konimiz uchun 10 million so‘mga yaqin mablag‘ sarfladik. Velodo‘konni tayyorlashda juda ko‘p ustalar ishtirok etdi. Velosiped yasaydigan alohida ustalar: svarshiklar, mebelchi, alikafonchilar...
Shunday qilib, ketma-ketlikda bo‘lgan yasash jarayonida ko‘chma do‘konimiz tashkil qilindi», – deydi tadbirkor.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, velodo‘kon ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. Ko‘chma do‘kondagi kitoblarni ayniqsa talabalar ko‘proq xarid qilmoqda.
«Velodo‘konga 300 ta kitob sig‘adi. Oliy ta’lim muassasalari, tashkilot, korxonalar atrofiga borib savdo qilyapmiz. Bu g‘oyaning yaratilishi o‘zimizning do‘konlar uchun ham reklama bo‘ldi. Oliygohdagi talabalarga ham kitoblar sifatli va arzon narxda yetib boryapti.
Ko‘chma do‘konimizni yana 5 ta ga ko‘paytirish uchun ustalarga buyurtma berdik. Yaqin kunlarda ular ham bitib savdoga chiqadi. Har bir tumanga eng kamida 1 donadan veloko‘chma kitob do‘koni qo‘yishni rejalashtirganmiz.
Ko‘chma do‘konimizdagi kitob narxlari Farg‘ona kitob do‘konlaridagi kitob narxlari bilan bir xil. Velodo‘konimizga bir nafar ishchi olganmiz. Talab-takliflarga qarab joylarga borilyapti», – deydi Sardor Madg‘oziyev.
Ko‘chma do‘konda kitob savdosi chaqqon. O‘quvchi va talabalar kitob rastasiga bormay turib, ta’lim dargohining o‘zida velodo‘kondan kitob xarid qilishmoqda.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Abduqodir To‘lqinov.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

18:37 / 29.05.2025
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

20:47 / 22.05.2025