Eron Isroil razvedka markaziga zarbalar berdi. Isroil esa Arakdagi yadroviy reaktorni nishonga oldi
Isroil armiyasi esa payshanba tongida Eron raketalari Be’yer-Sheva shahridagi yirik tibbiyot muassasasiga zarba berganini aytib chiqdi. Eron tomoni raketa hujumining «asosiy nishoni» - Isroil armiyasi bosh shtabi va razvedka markazi ekanini ma’lum qildi. Isroil tibbiy xizmatlari vakili ham Soroka kasalxonasiga yetgan zarar portlash to‘lqinlari sabab yuzaga kelganini tasdiqladi.

Foto: Getty images
Eronning tongdagi zarbalari to‘rt joyda nishonga yetib borgan. Uchta zarba Markaziy Isroilda, xususan Tel-Aviv atrofidagi Gush Dan hududida qayd etilgan. Holon shahridagi bir bino butunlay qulab tushgani haqida xabarlar bor. Yana bir zarba Soroka kasalxonasi yaqinidagi hududga berilgan.
Bu kasalxona — Isroildagi eng yirik tibbiyot markazlaridan biri bo‘lib, ayni paytda G‘azodan keltirilgan yarador askarlarni qabul qilmoqda. Raketalar bevosita kasalxonani nishonga olmagan, balki yonidagi binoga zarba berilgan. Biroq kasalxonaning o‘zi ham kuchli zarar ko‘rgan va tibbiyot xodimlari aholiga u yerga yaqinlashmaslik haqida chaqiriq yo‘llagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning so‘nggi raketa hujumlari natijasida Isroilda jarohat olganlar soni 47 nafarga yetgan. Isroilning tez yordam xizmati ulardan 3 nafarining ahvoli og‘irligini, 2 nafari esa o‘rtacha darajada jarohat olganini ma’lum qildi. Yana 18 kishi boshpanalarga yugurib ketayotganda turli jarohatlar olgan.
Shuningdek, payshanba kuni Eron raketalari Tel-Aviv mintaqasidagi Ramat Gan hududiga va Fond birjasi binosiga ham zarar yetkazgan. The Times of Israel nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujumda kamida 20 kishi yengil tan jarohati olgan.

Isroil armiyasi esa payshanba tongida Eron hududidan Isroilga qarata raketalar uchirilganini tasdiqladi va Be’yer-Sheva shahridagi yirik tibbiyot muassasasi — Soroka kasalxonasiga raketa zarbalari berganini aytib chiqdi.
IDF aholidan yaqin orada ogohlantirish bo‘lguncha umumiy boshpanalarga yoki xavfsiz xonalarga kirib, u yerda qolishni so‘ragan. Isroil telekanallari Soroka kasalxonasidan tutun chiqayotganini jonli efirda ko‘rsatmoqda, aholi u yerga bormaslik haqida ogohlantirilgan. Kasalxona hozirda zararni baholash bilan band.
Al Jazeera muxbiri Nur Odehning Isroil tibbiy xizmatlari vakiliga tayanib xabar berishicha, Soroka kasalxonasiga yetgan zarar raketaning bevosita urilishi emas, portlash to‘lqinlari sabab yuzaga kelgan. Bu Eron davlat OAVlarining hujum nishoni kasalxona yonidagi «muhim obekt» bo‘lgani haqidagi da’volarini tasdiqlaydi.

Isroil tez yordam xizmati matbuot kotibi Isroil OAVlariga bergan bayonotida kasalxonadan xavfli moddalar sizib chiqishi yo‘qligini aytdi — bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga rasman nuqta qo‘ydi. Isroil rasmiysi Tel-Avivdagi Isroil fond birjasi binosi ham zararlanganini qo‘shimcha qildi.
Eron rasmiy axborot agentligi - IRNA bergan bayonotida, bugungi tongdagi raketa hujumining «asosiy nishoni» — Isroil armiyasi bosh shtabi va razvedka markazi (IDF C4I ) bo‘lib, u Gav-Yam texnologik parkida joylashganini bildirgan. Bu obekt Be’yer-Sheva shahridagi Soroka kasalxonasi yonida joylashgan.
IRNA'ga ko‘ra, kasalxonaga yetgan zarar faqat zarbaning portlash to‘lqinlari oqibatida kelib chiqqan, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri nishonga olinmagan. «Harbiy infratuzilma aniq va bevosita nishonga olingan», - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida Isroil armiyasi o‘z qiruvchi samolyotlari tuni bilan Eron bo‘ylab o‘nlab nishonlarga hujum uyushtirganini, jumladan, Arakdagi og‘ir suv yadroviy reaktori ham nishonga olinganini ma’lum qildi.

Harbiylar bayonotiga ko‘ra, ular aynan plutoniy ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan reaktor yadro muhrining tuzilmasiga zarba bergan. Bu obekt orqali yadroviy qurol uchun material ishlab chiqarilishining oldini olish maqsad qilingani aytilmoqda.
Shuningdek, Isroil armiyasi Natanz mintaqasidagi «yadroviy qurol ishlab chiqarish obekti» hamda ballistik raketalar uchun qismlar ishlab chiqaradigan bir qator zavodlar ham nishonga olinganini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

16:07 / 06.07.2025
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi

08:43 / 06.07.2025
Xominaiy Isroil bilan urush boshlanganidan beri ilk bor omma oldida ko‘rinish berdi

09:40 / 05.07.2025
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi

09:00 / 05.07.2025