Ko‘p qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlari quriladi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlari quriladi. AOKAda Qurilish vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta’minlash va Yangi O‘zbekiston massivlarini qurish bo‘yicha prezident farmoni ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi manfaatdor vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgan.
Bosh loyiha institutlari tomonidan 5, 7, 9, 12 va 16 qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar ishlab chiqildi. Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan.
Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi "Energiya tejamkor devorbop to‘suvchi konstruksiyalar. Binolar qurilishida avtoklavli silikatli gazobeton konstruksiyalarini qo‘llash" nomli davlat standarti ishlab chiqildi. Mazkur standart Qurilish vazirligining texnik kengashida muhokamadan o‘tkazilgan.
Qurilish vazirligi saytida uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ular dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqalarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasi yaratildi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Eronga «so‘nggi ultimatum» qo‘ydi va Putinning vositachiligini rad etdi
Jahon | 21:35
-
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi
Jahon | 21:18
-
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34
-
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:28
Mavzuga oid

09:17 / 14.04.2025
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

08:10 / 24.01.2025
2025 yilda renovatsiya asosida 20 ming xonadon quriladi

15:08 / 18.01.2025
Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun to‘lov “Mening uyim” tizimida to‘lanadi

10:14 / 29.04.2024