Afg‘onistonga Termiz orqali YUNISEFning insonparvarlik yordami yuborildi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Insonparvarlik yuklari ortilgan yuk mashinalari karvoni Termizdan Afg‘onistonga yo‘l olgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun 2022 yil 2 mart kuni BMTning bolalar fondi YUNISEF Surxondaryo viloyatida joylashgan “Termiz kargosentr” logistika markazidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun insonparvarlik yordami yuborgan.
Mazkur insonparvarlik yuklari ortilgan avtokarvon 16 ta yuk mashinasidan iborat bo‘lib, ularga sanitariya-gigiyena vositalari va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan iborat.
Mazkur yuklar qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga yetkazib beriladi.
BMT bolalar fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Afg‘onistonda 3 milliondan ortiq ona va bola og‘ir ijtimoiy sharoitda yashamoqda. Mazkur yordam YUNISEFning Afg‘onistonga yuborilayotgan ilk insonparvarlik yordami hisoblanadi. Fond Afg‘onistonda og‘ir sharoitda yashayotgan onalar va bolalarga yil davomida insonparvarlik yordami ko‘rsatishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonga yuborilgan barcha sanitariya-gigiyena vositalari va uy-ro‘zg‘or buyumlari to‘liq O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot uchun, BMT Termiz shahrida Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini yetkazish uchun asosiy logistika markazini bunyod etgan. Shu paytgacha mazkur markaz orqali bir necha marta BMTning insonparvarlik yuklari Afg‘onistonga yetkazib berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning o‘zi ham bir necha bor Afg‘onistonga ko‘p ming tonnali oziq-ovqatdan iborat insonparvarlik yuklarini yetkazib berdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

15:14 / 04.06.2025
2024 yil mojaro hududlarida yashayotgan bolalar uchun «tarixdagi eng og‘ir yillardan biri» bo‘ldi

13:21 / 04.06.2025