O‘zbekiston | 12:21 / 22.02.2022
1337
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda 36 ta xonadonni aldov yo‘li bilan sotgan quruvchiga jinoyat ishi ochildi

Ko‘pqavatli turar joy bankda garovga qo‘yilgan bo‘lsa-da, quruvchi uning 36 ta xonadonini aldov yo‘li bilan 59 nafar fuqaroga sotgan.

Foto: RBK

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan «Asadbek kapital stroy» MChJ rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Qayd qilinishicha, quruvchi Urganch shahri, Fayozov ko‘chasida joylashgan ko‘pqavatli turar joy binosi «Ipoteka bank» Xorazm filialida garovga qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning 36 ta xonadonini «aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan» 59 nafar fuqaroga sotib, ularga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan. Zararning miqdori qancha ekani xabarda keltirilmagan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ochilib, Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

E`lonlar