Qashqadaryoda markaziy poliklinika bosh vrachi 500 dollar va 10 million so‘m olayotganda qo‘lga olindi
Shahrisabz tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi fuqarolardan biriga tuman tibbiyot birlashmasi hududidan yer olib berishni va’da qilib, 500 dollar va 10 million so‘m olayotganida qo‘lga olingan.

Foto: kp.ru
Kun.uz so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsuddinov holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2022 yil 28 yanvar kuni Shahrisabz tumani Qutchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro Z.Q. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, yer uchun o‘zidan pul talab qilayotgan shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha, Z.Q. Shahrisabz tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli joydan avtoturargoh uchun yer olishda yordam berishni so‘rab Shahrisabz tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi A.N.dan yordam so‘ragan.
A.N. yer uchastkasini Shahrisabz tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.J. bilan gaplashib olib berishni va’da qilib, buning evaziga Z.Q.dan 2 ming dollar talab qilgan
Z.Qodirovning murojaati yuzasidan 2022 yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.N. o‘zining xizmat xonasida Z.Q.dan 500 dollar va 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tekshirish davrida A.N. Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati ekanligi aniqlangan. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi tartibiga ko‘ra, A.N.ni ushlab turishga, jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chora tanlash hamda uning daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashidan ruxsat olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 3 fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2022 yil 5 fevral kuni A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan viloyat prokuraturasi 21-bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 2022 yil 7 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Muborak tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev fuqarolardan biriga yer olib berishini aytib, 80 ming dollar so‘ragani va shundan 50 ming dollar olayotganda ushlanganini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron ikki fransuzni "Mossad" foydasiga josuslikda aybladi
Jahon | 09:48
-
Avtomobil ta’miri xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aytildi
O‘zbekiston | 09:20
-
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin
O‘zbekiston | 09:03
-
Barselonada 100 yil ichidagi eng issiq iyun oyi kuzatildi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025