CNN: AQSh ittifoqchilar bilan Sharqiy Yevropaning uch davlatiga uch ming harbiy tashlashni muhokama qilmoqda

Foto: CNN
AQSh va ittifoqchilar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tahdidi tufayli Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qo‘shimcha harbiy kontingent jo‘natish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.
Taxminlarga ko‘ra, harbiylar Bolgariya, Ruminiya va Vengriyaga jo‘natiladi — bu davlatlarning har biriga mingtadan.
23 yanvar kuni The New York Times gazetasi, AQSh mudofaa vazirligi prezident Jo Baydenga Sharqiy Yevropa hududiga besh minggacha harbiy jo‘natish, zarurat tug‘ilgan holatda bu miqdorni o‘n barobarga oshirish bo‘yicha taklif bergani haqida xabar tarqatgandi.
Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi keyinroq AQSh 8,5 ming harbiy xizmatchini jangovar shay holatga keltirgani haqida ma’lum qilgandi. Aynan ular yaqin vaqt ichida Yevropaga yo‘l olishi mumkin.
- NATO mamlakatlari rossiyalik harbiylar Ukraina chegaralari tomon surilayotgani tufayli Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha kuchlar joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Belarusda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Rossiya hukumati Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanmayotganini aytib, harbiylarini o‘z hududida erkin harakatlantirish huquqiga egaligini iddao qilmoqda.
- «Yedinaya Rossiya» partiyasi fraksiyasi yetakchisi 26 yanvar kuni mamlakat rahbariyatiga murojaat qilib, tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalariga qurol yetkazib berishni so‘radi. Partiyadagilar Ukraina DXR va LXRga hujum qilishga tayyorlanmoqda deb hisoblamoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

20:34 / 03.07.2025
Ukrainaning Harkiv shahrida soliqlar va yig‘imlar bekor qilindi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

16:00 / 03.07.2025
O‘n birinchisi. Kurskda Rossiyaning yana bir generali halok bo‘ldi

12:38 / 03.07.2025