Myanmada harbiylar hujumidan keyin 35 kishining yonib ketgan jasadi aniqlandi

Foto: KNDF
Myanmaning Karen shtatidagi qishloqlardan biri yonida kamida 35 kishining yonib ketgan jasadi aniqlandi. “Karen milliy ittifoqi” qurollangan etnik guruhi ushbu qotilliklarda harbiylarni aybladi, deb xabar berdi Myanmar Now nashri.
Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bor. Jasadlar 8ta yonib ketgan avtomobil va 5ta mototsikl yonida aniqlangan. Voqea joyida Save the children (Bolalarni asraylik) xalqaro xayriya tashkilotining 2 nafar xodimi bedarak yo‘qolgan. Tashkilot vakili yonib ketgan avtomobillar orasida ushbu xodimlarga tegishli avtomobil ham bo‘lganini ma’lum qilgan.
“Save the Children myanmalik harbiylarning bu hujumini qoralaydi. 2 nafar xodimimiz qo‘shni qishloqda insonparvarlik yordamini ko‘rsatib, uylariga qaytayotganda hujum joyidan o‘tishgan va hamon ulardan darak yo‘q”, deb aytilgan tashkilot bayonotida.
Myanmada 1 fevralda harbiylar davlat to‘ntaruvini amalga oshirib, mamlakat rahbariyatini hibsga olgandi. Shundan keyin harbiylarga qarshi boshlangan ommaviy noroziliklar hanuzgacha davom etib kelmoqda. Huquqni himoyalovchi tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, noroziliklar davomida 850dan ko‘proq namoyishchi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid

17:47 / 30.05.2025
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

18:09 / 07.04.2025