Hindiston harbiy delegatsiyasi Xorazmda bo‘ldi
Delegatsiya 2022 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Do‘stlik-2022» o‘zbek-hind o‘quv-mashg‘ulotlarini muvofiqlashtirish maqsadida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining «Yangiariq» umumqo‘shin poligoniga keldi.

Foto: Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati
Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Nipun Anand hamda Hindiston qurolli kuchlari birlashgan shtabi vakillari polkovnik Rakesh Sharma va mayor Mudassar Javiad Vani tarkibidagi delegatsiya vakillari kelgusi yilda rejalashtirilayotgan o‘zbek-hind o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish hamda Hindiston harbiy kontingentining mamlakatimizga kelishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etgan mazkur uchrashuvda ikki mamlakat vakillarining qo‘shimcha takliflari e’tiborga olinib, ikki davlat harbiylari ishtirokida sport va madaniy tadbirlarni ham tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar rejaga kiritildi.


Shundan keyin mehmonlar «Yangiariq» umumqo‘shin poligonidagi sharoitlar, ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik obektlari, o‘quv markazining imkoniyatlari hamda rejalashtirilgan hamkorlik mashg‘ulotlarini olib borish hududi bilan yaqindan tanishdilar.

Navbatdagi o‘zbek-hind harbiy o‘quv-mashg‘ulotlari tarixdagi uchinchisi bo‘lib, 2019 yilda «Do‘stlik–2019» taktik o‘quv-mashg‘ulotlari O‘zbekistonda, 2021 yilning mart oyida Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasida joylashgan «Chaubatiya» o‘quv markazida o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid

21:51 / 04.03.2025
Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

19:19 / 27.02.2025
Qaysi mamlakatlar harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydi?

02:30 / 26.02.2025