Qashqadaryoda 42 yoshli erkakning jasadi topildi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 42 yoshli erkak ko‘chadan o‘lik holda topilgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi hodisa yuzasidan tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Joriy yil oktyabr oyida G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro ko‘chadan o‘lik holda topilgan. Marhumning yaqinlari u o‘ldirilganini aytmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi marhum bilan sodir bo‘lgan holatga aniqlik kiritish maqsadida G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini bildirdi.
«Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ustidan nazorat o‘rnatilgan. Natijasi haqida xabar qilinadi», deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibining xabarida.
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

15:46 / 03.10.2023
Buxorolik erkak “Yor-yor” ko‘rsatuvi orqali tanishgan g‘uzorlik ayolni o‘ldirib qo‘ydi

20:10 / 04.03.2023
Qashqadaryoda fermer norozilik sifatida hokimiyat oldiga chorva mollarini haydab keldi

19:24 / 25.12.2022