Kentukkidagi tornado «hujumi» - fotolar
AQShning Missuri, Missisipi, Arkanzas, Tennessi, Illinoys va Kentukki shtatlarida o‘nlab tornadolar ro‘y berdi - shanbaga o‘tar kechasi kuzatilgan tabiiy ofat qurbonlari soni yuzga yaqin, omon qolganlarni qidirish ishlari hamon davom etmoqda. Kentukkidagi Meeyfild shahri esa butunlay vayron bo‘lgan.
11 dekabrga o‘tar kechasi AQSh g‘arbidagi olti shtat hududida 50dan ortiq tornado bo‘lib o‘tdi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan hudud Kentukki bo‘ldi, bu shtat tarixidagi eng halokatli tornado edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu shtatda 100dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Kentukki g‘arbida, 10 ming atrofida aholi yashaydigan Meyfild shahrida tornado sham ishlab chiqarish fabrikasi binosini, okrug sudi minorasini va ko‘plab uylarni butkul vayronaga aylantirdi.
Meyfilddan 100 kilometr masofadagi, 2500 kishi yashovchi Douson-Springs shaharchasida 12 kishi halok bo‘lgan va binolarning 75 foizi yakson bo‘lgan. Bu shaharlar tornadodan keyin quyidagi ko‘rinishga keldi.

Brett Carlsen / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA


Scott Olson / Getty Images/ AFP / Scanpix / LETA

Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA

Brett Carlsen / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Adrees Latif / Reuters / Scanpix / LETA

Cheney Orr / Reuters / Scanpix / LETA

Jon Cherry / Reuters / Scanpix / LETA

Adrees Latif / Reuters / Scanpix / LETA

Mark Humphrey / AP Photo / Scanpix / LETA










Douson-Springs shahrining tornadodan keyingi ko‘rinishi:
Mavzuga oid

23:47 / 07.04.2025
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

17:17 / 18.03.2025
AQSh markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado: Tramp xalqni ibodatga chaqirdi

08:37 / 16.03.2025
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor

18:54 / 19.08.2024