Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor
Kamida 31 kishining hayotiga zomin bo‘lgan halokatli tornadolar AQShning markaziy va janubiy shtatlari bo‘ylab harakatlandi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p Missuri shtati jabr ko‘rgan, u yerda kamida 12 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Foto: Reuters
Missuri shtati yo‘l patruli Ozark, Batler, Ueyn va Jyefferson okruglarida 12 kishining o‘limini tasdiqladi.
Kanzasda chang to‘zoni paytida sodir bo‘lgan avtohalokatlar oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CBS telekanali shtat jamoat xavfsizligi departamentiga tayanib. Shunday yo‘l-transport hodisalari Missisipida to‘rt, Texasda uch, Oklahomada bir kishi umriga zomin bo‘lgan.
Arkanzas shtati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi uch kishi halok bo‘lgani va 32 kishi yaralangani haqida xabar berdi va bu dastlabki ma’lumotlar ekanini ta’kidladi.

Tennessi va Missuri shtatlarida rasmiylar yangi tornadolar xavfi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, chaqmoq chaqishi va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan olingan suratlarda shikastlangan binolar va ag‘darilgan yuk mashinalarini ko‘rish mumkin.
Bir kishi halok bo‘lgan Batler okrugida yana bir necha o‘lim holatlari ro‘yxatga olingan, bir necha kishi evakuatsiya qilingan. Bugun mintaqaga yangi tornadolar yopirilishi kutilmoqda.


Jorjiyada gubernator Brayan Kemp mahalliy aholini yanada yomon ob-havoga «tayyor turish»ga chaqirib, favqulodda holat e’lon qildi.
Arkanzas gubernatori Sara Hakabi Sanders ham favqulodda holat e’lon qildi.
«Arkanzasga kuchli momaqaldiroq va tornado yopirildi va butun shtat bo‘ylab xavf, qiyinchilik va azob-uqubatlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda, bu esa ushbu choralarni talab etadi», - deyiladi uning bayonotida.
Milliy meteorologiya xizmatining Ob-havoni prognoz qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, «kuchli momaqaldiroqlar» chaqmoq, kuchli shamol, do‘l va yangi tornadolarni olib kelishi mumkin.

Ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Quyi Missisipi va Tennessi vodiylari, Meksika ko‘rfazining markaziy sohillari va mamlakat janubi-sharqida katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan «sezilarli» va «aql bovar qilmaydigan» tornadolarning «qo‘shimcha tahdidi» mavjud.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
-
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44
-
Davlat xaridlari tizimi operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:34
Mavzuga oid

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

15:28 / 01.08.2025
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi

14:54 / 01.08.2025
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q

13:25 / 01.08.2025