Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherobodda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi
Sherobod tumanida tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “M-Faktor” hamkorligida “Biznes marafon” bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sherobod tuman hokimligi
Tadbirda tumandagi o‘ttizta mahalladan tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 300 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi. Yoshlar sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan tadbirkorlardan kerakli maslahatlarni oldi. Uchrashuvda yoshlar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, balki taklif va loyihalarini ham ma'lum qildi.
Masalan, uchrashuvda Bog‘iobod mahallasidan Bahrom Xudoyqulov so‘zga chiqib, o‘quv markaz va kurslarini qay tartibda rivojlantirishga doir taklifini bildirdi.


“Biznes marafon”da savdo-sotiq, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va sanoat, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida o‘ndan ortiq yoshlar so‘zga chiqdi.


Tadbirda bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish imkoniyati ortishi e'tirof etildi.
Sherobod tuman hokimligi axborot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14
Mavzuga oid

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi

11:37 / 24.01.2024
Iphone telefonini sotaman deb fuqaroning 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

11:12 / 02.11.2023