Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yil 1 iyuldan elektron tijorat axborot tizimlari majmuasi to‘liq ishga tushiriladi
Prezident “Elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” axborot tizimlari majmuasini (raqamli ekotizim) 2022 yil 1 iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi. Markaz zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajarish;
- mulkchilik shaklidan, idoraviy va tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan qat'i nazar, elektron tijorat platformalariga o‘zining mijozlar bazasidan teng foydalanishi hamda ularga xizmatlar ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish;
- raqamli ekotizimning “eskrou” tizimi funksiyalarini bajarishi munosabati bilan bitta shaxsiy hisobvaraqdan hisob-kitoblar va to‘lovlar hamda tomonlarning shartnoma majburiyatlari kafolatli (akkreditiv tamoyili bo‘yicha) bajarilishini ta'minlash.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va xizmatlarni sotish to‘g‘risidagi ma'lumotlar joylashtirilishi shart. Bunda, narxi ko‘rsatilmagan tovar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2024 yil 1 yanvarga qadar raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi. Tovarlar (xizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun, ular elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat'i nazar, Soliq kodeksining 337- va 467-moddalariga muvofiq foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
-
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi
Jahon | 19:18
Mavzuga oid

07:34
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025