«Nazoratimiz Senatga o‘tgani bilan ish samaradorligimiz oshib qolmaydi» - Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi
12 noyabr kuni Ekologiya qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda Ekologiya qo‘mitasini to‘g‘ridan to‘g‘ri Senatga bo‘ysunuvchi organ qilib belgilanishi uning faoliyat samaradorligiga qanday ta'sir etishi borasida savol berildi.
Savol qo‘mita matbuot xizmati rahbari Ozod Rajabov javob berdi.
«Vazirlar Mahkamasi yoki Senatga bo‘ysunishidan qat'i nazar, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ijrochi organ bo‘lib qolaveradi. Biz baribir qonun va prezident farmonlari ijrosini bajarishda davom etamiz.
Ha, O‘zbekistonda avval Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘ridan to‘g‘ri parlamentga bo‘ysungan. Lekin men Ekologiya qo‘mitasinining Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunuvchi organga aylantirilgandan keyin samaradorligi pasaydi, degan fikrlarga qo‘shilmayman. Chunki bizda manfaatlar muvozanati va tiyib turish tizimi bor. Bu tizimga ko‘ra, qayerga bo‘ysunishimizdan qat'i nazar ishimiz davom etaveradi.
Bizni boshqa organga bo‘ysunuvchi idoraga aylantirishgani bilan ish samaradorligi oshib ketishiga men ishonmayman. Bu shaxsiy fikrim», – dedi matubot kotibi.
Ma'lumot uchun, 1980-yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar kuchayib ketishi ortidan, 1988 yil aprel oyida hukumatning qarori bilan atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil qilingan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025
“Afrikaning ayrim mamlakatlaridan ham orqadamiz” - senator odil sudlov masalasida

13:44 / 30.05.2025