Samarqand, Farg‘ona va Xorazmda soxta PZR-testlarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Foto: IIV Transport va turizm departamenti
Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida fuqarolarga soxta PZR-testlar tayyorlab berayotgan shaxslar ushlangan. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti xabar bermoqda.
2021 yil 22 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga kelib tushgan ma'lumotga asosan, fuqarolarga davlat chegarasidan o‘tish uchun koronavirus infeksiyasi natijalari haqida qalbaki ma'lumotnoma tayyorlab beruvchi shaxsni fosh etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Quva tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan X.M. o‘zi ishlaydigan “OMAD YuRT FAROVONLIGI” nomli aviakassa ichida tezkor tadbirga jalb qilingan maxsus mijozga ekspress PZR-test tahlilining manfiy natijasi haqida qalbaki ma'lumotnomani tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, 2021 yil 29 oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi “UZ MeD” xususiy klinikasi ish yurituvchisi Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘ida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.R. tezkor tadbirga jalb qilingan maxsus mijozga ekspress PZR-test tahlilining manfiy natijasi haqida ma'lumotnoma tayyorlab berish uchun 340 ming so‘m olgan vaqtida Xorazm viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari, joriy yil 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan F.M. tadbirga jalb qilingan maxsus mijozga PZR-test tahlilining manfiy natijasi haqida ma'lumotnoma tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida juda havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:41
-
Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi
Jahon | 12:28
-
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
O‘zbekiston | 12:21
-
Yuzlab insonlarni chuv tushirgan avtolizingchilarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 12:20
Mavzuga oid

20:15 / 28.04.2022
1 maydan boshlab Qirg‘izistonga kiruvchilardan manfiy PZR-test natijasini so‘rash bekor qilinadi

07:29 / 16.03.2022
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi bir qator cheklovlar bekor qilindi

10:48 / 16.01.2022
«Munosabat – salbiy» - O‘zbekistonga kirib kelayotganlar ikki joyga pul to‘lashayotganidan norozi

17:51 / 23.08.2021