Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshonga zaharni kim oqizgan? «Navoiyazot» press-turda ayblovni yana rad etdi, ammo savol hamon ochiq
Zarafshon daryosiga zaharli moddalar oqizilishi oqibatida minglab baliqlar nobud bo‘lgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ekologiya qo‘mitasi olib borilgan o‘rganishlar va laboratoriya xulosalariga asoslanib, daryoga hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar «Navoiyazot» AJ tomonidan oqizilganini ma'lum qildi. «Navoiyazot»dagilar esa bu ayblovlarni rad qilib kelyapti.

Foto: Kun.uz
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021 yil 29 oktabr kuni «Navoiyazot»ning faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va atrof-muhit muhofazasi borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi. Jarayonda jurnalistlarga korxonadagi o‘zgarishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari, modernizatsiya ishlari, kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar xususida ma'lumotlar berildi.
Korxonada atrof-muhit muhofazasi yuzasidan sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Ishlab chiqarish sexlarida atrofga zararli moddalar chiqishining oldini olish uchun zamonaviy filtrlovchi texnologiyalar o‘rnatilgan. Havoga chiqarilayotgan moddalar miqdorini boshqaruv xonasidan avtomatik tarzda doimiy nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
Press-turda jurnalistlarni qiziqtirgan asosiy masala Zarafshon daryosidagi holat bo‘ldi. «Navoiyazot» AJ ekologi Nargiza Salomovaning so‘zlariga ko‘ra, korxona tomonidan daryoga oqizilgan oqova suv tarkibida zararli moddalar miqdori baliqlarni o‘ldiradigan darajada yuqori bo‘lmagan.
Ta'kidlanishicha, korxonada qariyb mingta quduq bor. Ularning barchasi magistral quvurga ulangan. «Navoiyazot» AJ oqova suvlari Sanoat va xo‘jalik oqova suvlarini tozalash sexiga keladi. Mazkur sexga kelayotgan oqova suvlarning 80 foizini Navoiy shahri va boshqa sanoat korxonalari oqova suvlari tashkil qiladi.
«2017 yilgacha korxona tomonidan daryoga oqizilgan suvda zararli moddalar miqdori hozirgidan ko‘p bo‘lgan, ammo baliqlar o‘lmagan. Endilikda quduqlarga avtomatik nazorat qilish texnologiyalarini o‘rnatishni rejalashtiryapmiz. Keyin bunaqa vaziyatlarda o‘zimiz ham to‘liq isbotlab bera olamiz», deydi korxona ekologi.
Press-tur tashkilotchilari Zarafshon daryosidagi holat bo‘yicha «Navoiyazot» AJ aybdor emasligini ta'kidlashdi. Shu bilan birga, jurnalistlarga bu bo‘yicha aniq va asoslantirilgan ma'lumotlar, hujjatlar yoki qaydnomalar taqdim etilmadi.
Zarafshonga zahar oqizgan kimligi haqidagi asosiy savol esa hozircha ochiq qolmoqda.
Umid qilamizki, ushbu savolga Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari yakuni bo‘yicha aniq javob topiladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

16:13 / 11.03.2025