Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tuziladi

Foto: CDP
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faxriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallari tuziladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
a) Kengash tuzilmasi;
b) Kengashning Navoiy, Olmaliq, Bekobod hududiy filiallari tuzilmalari;
v) O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi to‘g‘risidagi nizom, unda quyidagilar belgilangan: Kengashning huquqiy maqomi, huquqlari, vazifalari va funksiyalari; Kengashning huquq va majburiyatlari; uning faoliyatini tashkil etish tartibi; Kengashning moliyaviy mablag‘larini shakllantirish tartibi va boshqalar.
Kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ va boshqa metallurgiya sanoati tashkilotlarining pensionerlari va mehnat faxriylarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faxriylarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini, munosib hayoti va ijtimoiy mavqeyini ta'minlash;
- AJlar hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korxonalari mehnat jamoalarining hayotida Kengashning hamda har bir pensioner va faxriy ishtirokining roli va ahamiyatini oshirish;
- pensionerlar va faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ko‘maklashish;
- pensionerlar va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;
- faxriylar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va boshqalar.
Kengashga respublika AJlar va boshqa metallurgiya korxonalarida ishlagan va respublika hududida yashovchi faxriylar a'zo bo‘lishlari mumkin. Kengash a'zolariga qabul qilish talabgorlarning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Kengash raisi Kengash ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Kengash qarorlari faqat tavsiyaviy kuchga ega bo‘lib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

11:48 / 16.07.2025
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi

11:30 / 14.07.2025
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

13:16 / 03.06.2025
O‘zbekistonda ilk bor og‘ir texnika ishlab chiqarish boshlandi

10:37 / 11.04.2025