Qashqadaryoda 2019–2020 yillarda 562 nafar mansabdor korrupsion jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani ma'lum qilindi
Qashqadaryo viloyatida 2019–2020 yillarda 562 nafar mansabdor shaxs korrupsion jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 18 nafari viloyat va 544 nafari tuman darajasidagi davlat idoralari mansabdor shaxslari bo‘lgan. Bu haqda viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda korrupsion holatlarning oldini olishda keng jamoatchilikning o‘rni beqiyos ekani ta'kidlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolayotgani ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatida 2019–2020 yillar davomida jami 562 nafar turli darajadagi mansabdor shaxs korrupsion jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 18 nafari viloyat va 544 nafari tuman darajasidagi davlat idoralari mansabdor shaxslari bo‘lgan.
Masalan, Koson tumani hokimining o‘rinbosari A.X. tadbirkorlik faoliyatini tashkil etmagan 6 nafar yaqin qarindoshlari, jumladan kelini M.T., qudasi O.K., haydovchisining turmush o‘rtog‘i S.S., uning singlisi A.S. nomiga 180 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni naqdlashtirgan holda talon-toroj qilib yuborgan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida budjet buyurtmachilari tomonidan «dxarid.uz» maxsus axborot portaliga joylashtirilgan davlat xaridlariga oid may-iyul oylaridagi e'lonlar masofaviy monitoring qilinganda qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Jumladan, qiymati 12,5 milliard so‘mlik 41 ta tanlov e'lonida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilgan.
Yig‘ilish yakunida bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli reja tuzilib, keng jamoatchilikni jalb etgan holda ishlarni tashkil etishga kelishib olingan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:56
-
Germaniya TIV rahbari Xitoyni Moskvaga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 11:50
-
Samarqand no‘xat sho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 11:37
-
Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

18:04 / 02.07.2025
Armanistonning sobiq prezidenti poraxo‘rlik va noqonuniy tadbirkorlikda ayblandi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

19:42 / 30.06.2025