Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: rigaku.com
Prezidentning "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari:
- nanotexnologiyalar rivojlanishining zamonaviy jahon tendensiyalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining ilmiy hamda pedagogik xodimlaridan vaqtincha ijodiy jamoalar tashkil qilish orqali fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot hamda innovatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish;
- xorijiy oliy ta'lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda nanotexnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni bajarishda hamkorlikni tashkil qilish;
- fundamental va amaliy ilm-fanning ta'lim jarayoni bilan integratsiyasi bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va bajarish.
Markazning tuzilmasi tasdiqlandi. Uning direktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi
O‘zbekiston | 17:45
-
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 17:23
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston | 17:14
-
Bloger Qobil Do‘sov 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:51
Mavzuga oid

18:04 / 06.12.2022
Milliy universitetdan yo‘qolgan nodir qo‘lyozmalar ishi: kutubxona rahbari ozod qilindi

11:43 / 04.02.2021
Sun'iy giyohvand moddalarni aniqlash va nanotexnologiya. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti nimalar bilan shug‘ullanadi?

13:37 / 14.01.2021
Manba: Inom Majidov Milliy universitetga rektor bo‘lishi kutilmoqda

15:47 / 05.08.2019