Tug‘uruqxonaga kirsam chakka tomib yotibdi, ichkarida esa tug‘ruq qabul qilinyapti – Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyatda hokim bo‘lib ishlagan vaqtlarini yodga oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

“Samarqandda ishlagan paytim viloyatda ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun mablag‘ yetishmasdi. Faqat markazdan pul ajratilsa, hokim bir ishni boshlashi mumkin edi. Ana shu achchiq tajribamizdan kelib chiqib, mana, hozir hududlarimizga moliyaviy masalalarda keng erkinlik beryapmiz.
O‘sha yillari Paxtachi tumanidagi 24-maktab, Qo‘shrabot tumanidagi yana bir eski maktab va Oqdaryodagi tug‘uruqxonani qanday qiyinchilik bilan ta'mirlaganimiz hali-hali esimdan chiqmaydi. Yodimda turibdi, Oqdaryoga borib tug‘uruqxonaga kirsam shiftdan chakka tomib yotibdi, ichkarida esa shifokorlar tug‘ruq qabul qilishyapti.
Ana shu ishlar uchun 50 foiz mablag‘ viloyat budjetidan ajratilgan, qolgani esa hashar yo‘li bilan bajarilgan edi.
Viloyatdagi ko‘plab bunyodkorlik ishlari shu tarzda olib borildi. Mahdumi A'zam, Xoja Doniyor, Hazrati Dovud ziyoratgohlari bunga misol bo‘la oladi.
Albatta, o‘sha og‘ir yillarda biz bilan yelkama-yelka turib ishlagan insonlarning ba'zilari, afsuski, bugun oramizda yo‘q. Ilojimiz qancha, hayot qonuni shunday ekan”, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.
Mavzuga oid

16:41 / 12.03.2025
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025