Farg‘onada ikki guruh ishtirokidagi janjal to‘xtatib qolindi. Voqea joyida pichoq va qilichlar topilgan
Farg‘onada muammoni “ko‘cha qonunlari” bilan hal qilmoqchi bo‘lgan 20 nafarga yaqin yoshlar maxsus kuchlar tomonidan qo‘lga olindi. Ichki ishlar vazirligi fuqarolar, ayniqsa, sportchilarni o‘z kuchlarini ko‘chada ko‘rsatish orqali qonunlarni buzishdan tiyilishga chaqirdi.

Foto: IIV axborot xizmati
Joriy yilning 18 iyun kuni Farg‘ona shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi ikki mashina egalarining katta janjaliga sabab bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan «Kriminal» ko‘rsatuvida ma'lum qilinishicha, YTHdan so‘ng ikki mashina egalarining tarafdorlaridan iborat 20 nafarga yaqin yosh yigitlar Farg‘ona shahrida joylashgan «Taraqqiyot 2021» korxonasi hovlisida to‘plangan.
Janjal boshlangan vaqtda barcha ishtirokchilar IIV, DXX va Milliy gvardiya organlarning maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olinadi. Voqea joyidan pichoq va qilichlar, tan jarohati yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘tkir tig‘li jismlar va giyohvandlik vositalari topilgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu janjal ishtirokchilarining asosiy qismi yosh va baquvvat yigitlar bo‘lgan. Ularning 8 nafari protsessual tartibda ushlangan, 9 nafari 15 sutkalik ma'muriy qamoqqa olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, sportchilarni o‘z kuchlarini ko‘chada ko‘rsatish orqali qonunlarni buzishdan tiyilishga chaqirdi.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2021 yilning 7 oyida davomida IIV tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan 13 422 ta pichoq, 147 ta kastet-suriken, 281 ta to‘qmoq-bita, 331 ta boshqa xavfli buyumlarni olib yurgan shaxslar aniqlangan.
So‘nggi vaqtlarda fuqarolar o‘rtasida muammolarini «ko‘cha qonunlari» asosida, kuch bilan hal qilish va samosud holatlari haqidagi xabarlar ko‘paymoqda.
Xususan, 12 sentabr kuni Toshkent shahridagi «Malika» savdo majmuasi yaqinida pichoqbozlik sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi vafot etgan, yana bir kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Joriy yilning 17 avgust kuni Qarshi shahri markazida sport murabbiyi Elbek Rahimov bir guruh fuqarolar tomonidan kaltaklanib, o‘ldirilib ketishi ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya TIV rahbari va uning hamkasblari Eron TIV rahbari bilan uchrashuvni rejalashtiryapti
Jahon | 10:54
-
Yuridik litseylar bitiruvchilarini o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:48
-
Kanada Chubays va Putinning sobiq xotiniga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 10:27
-
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

18:47 / 30.05.2025
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB

11:02 / 23.05.2025