Telegram’da cheksiz auditoriya uchun videotranslatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
Qayd etilishicha, administrator ruxsati bilan tomoshabinlar ham translatsiyada ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Endilikda Telegram messenjerining yangi versiyasida kamera orqali cheksiz miqdordagi auditoriya uchun video va tasvirlarni translatsiya qilish mumkin. Bu haqda Telegram rasmiy blogida ma'lum qilindi.
Translatsiyani boshlash uchun guruh profilidagi «Videochat» yoki kanal profilidagi «Translatsiya» tugmasini bosish lozim.
Qayd etilishicha, administrator ruxsati bilan tomoshabinlar ham translatsiyada ishitrok etishlari mumkin bo‘ladi.
Telegram shuningdek, xabarlarni qayta jo‘natishda jo‘natuvchining ismi va fotosuratga biriktirilgan yozuvlarni o‘chirish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘ydi.
Bundan tashqari, stikerlar paneli ham yangilandi.
Mavzuga oid

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi

01:05 / 06.02.2025