Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Makedoniyada o‘rmon yong‘inlari sababli inqirozli vaziyat e'lon qilindi
Mamlakatda yong‘inga qarshi kurashga barcha kuchlar: o‘t o‘chiruvchilar, harbiylar, kommunal soha va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, ko‘ngillilar safarbar qilingan. Serbiya va Bolgariyadan o‘t o‘chiruvchilar yordamga yetib kelgan.

Shimoliy Makedoniya hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari sababli bir oyga inqirozli vaziyat rejimini joriy etdi, deb xabar berdi TV24.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 10ta yirik o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Eng jiddiy yong‘inlar Pexchevo va Delchevo rayonlarida kuzatilmoqda. Bu yerlarda aholi uylari kuyib kul bo‘lgan.
Mamlakatda yong‘inga qarshi kurashga barcha kuchlar: o‘t o‘chiruvchilar, harbiylar, kommunal soha va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari, ko‘ngillilar safarbar qilingan. Serbiya va Bolgariyadan o‘t o‘chiruvchilar yordamga yetib kelgan.
Shuningdek, Sloveniyadan 46 nafar o‘t o‘chiruvchi va 16ta maxsus mashina kelishi kutilmoqda.
«Vaziyat har soatda o‘zgarmoqda. Oldindan biror narsa deyish qiyin, chunki quruq va yuqori harorat hamda shamol olovning tez tarqalishi va yo‘nalishini o‘zgartirishiga sabab bo‘lmoqda», — dedi inqiroz markazi vakili Stoyanse Angelov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
-
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston | 19:14
Mavzuga oid

14:09 / 18.06.2025
Boysun o‘rmon hududida yirik yong‘in: 3 gektar maydondagi olov qariyb 14 soatda o‘chirildi

17:22 / 30.03.2025
Janubiy Koreya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarida gumonlanuvchi qo‘lga olindi

17:54 / 17.03.2025
Shimoliy Makedoniyada tungi klubda yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha 20 ga yaqin odam hibsga olindi

15:37 / 16.03.2025