Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzda vaksina olish uchun poliklinikaga borgan fuqaro quvib chiqarilgani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro 2-oilaviy poliklinikada koronavirusga qarshi vaksina olmoqchi bo‘lgani, ammo u yerdagi xodimlar unga qo‘pol muomalada bo‘lib, haydab chiqarishgani, poliklinikada sharoit ham qoniqarli emasligini ma'lum qilgan. Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur xabar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, videomurojaatda qayd etilgan holat joriy yil 26 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada emas, 1-oilaviy poliklinikada sodir bo‘lgan. Shu kuni murojaat muallifi, fuqaro B.R. mazkur poliklinikadagi emlash punktiga koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish uchun murojaat qilib, o‘zi va qarindoshlari uchun 5 ta Sputnik V vaksinasini berishlarini talab qilgan.
Tibbiyot xodimlari mazkur turdagi vaksina avval shunday vaksina bilan emlanganlarga taqsimot qilib bo‘linganidan so‘ng berilishini, mazkur emlash punktida o‘sha paytda fuqarolar ZF-UZ-VAS 2001 va AstraZeneca bilan emlanayotganini tushuntirishga harakat qilishgan. Ammo fuqaro ularning gaplariga quloq solmasdan janjal ko‘targan.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, emlash xonasining 2 nafar hamshirasiga fuqaro bilan muloqotda tegishli deontologiya qoidalariga amal qilmaganliklari uchun hayfsan intizomiy jazosi berilgan.
Ta'kidlanishicha, Shahrisabz shahridagi 1-oilaviy poliklinika binosi 1968 yilda qurilgan. Joriy yilda mazkur poliklinikaning 150 qatnovga mo‘ljallangan binosini qayta qurish uchun mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda bu yerda qurilish-ta'mirlash ishlari boshlanganligi sababli xonalar yetishmasligi va boshqa noqulayliklar kuzatilgan. Mazkur noqulayliklarga barham berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilning iyuni G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi
Jahon | 12:21
-
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Jahon | 12:20
-
O‘zbekiston MDHning Shaxslarni davlatlararo qidirish shartnomasi bayonnomasini tasdiqladi
O‘zbekiston | 12:12
-
Tramp Putindan noroziligini bildirdi va «kichik syurpriz» va’da qildi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

18:10 / 19.06.2025
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi

10:18 / 22.05.2025
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi

10:56 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

16:04 / 26.03.2025