Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«G‘azo bu - fojia»: Tramp va Netanyahu G‘azo masalasida maxfiy uchrashuv o‘tkazdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan seshanba oqshomida o‘tkazgan rejadan tashqari uchrashuv taxminan bir soat davom etgan va unga OAV vakillari kiritilmagan. Uchrashuv tafsilotlari haqida «juda kam ma’lumot» chiqqani esa sulh bo‘yicha qandaydir to‘siq yuzaga kelganiga ishora bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp–Netanyahu uchrashuvidan avval Oq uyga Qatardan delegatsiya kelib ketgan.

Netanyahu uchrashuv «G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha harakatlarga qaratilganini aytdi va «Hamas» harakatining harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yo‘q qilishdagi qat’iyligini ta’kidladi.
Reutersʼning yozishicha, Tramp Netanyahu bilan seshanba kuni ikki kun ichida ikkinchi marta uchrashdi. Suhbat G‘azodagi vaziyatga bag‘ishlandi. Shu bilan birga, AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Isroil va Hamas deyarli ikki yildan beri davom etayotgan urushdan so‘ng sulh bitimiga yaqinlashayotganini bildirdi.
Al-Jazeera nashriga ko‘ra, seshanba oqshomida o‘tkazilgan rejadan tashqari ushbu uchrashuv taxminan bir soat davom etdi, ommaviy axborot vositalariga kirishga ruxsat berilmadi. Uchrashuv ayni paytda Isroil kuchlari G‘azoda kamida 95 nafar falastinlikni o‘ldirgan pallada bo‘lib o‘tdi.
Seshanba kungi muzokaralar oldidan Tramp Netanyahu bilan «deyarli to‘liq G‘azo bo‘yicha» gaplashishini bildirgan edi.
«Bu muammoni hal qilishimiz kerak. G‘azo bu — fojia. U (Netanyahu) bu muammoni hal qilmoqchi, men ham xohlayman, deb o‘ylayman. Va menimcha, boshqa tomon ham xohlaydi», - deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda nashr.
Al-Jazeera muxbiri Mayk Xanna so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uchrashuvdan «juda kam ma’lumot» chiqqan, shuning uchun vaziyatni tushunish qiyin bo‘lmoqda.
«Ammo bu darajada maxfiy o‘tkazilgani, muzokaralar tafsilotlari bo‘yicha aniq bayonot berilmagani va uchrashuv bor-yo‘g‘i bir soat davom etgani — bularning barchasi shuni ko‘rsatishi mumkin: qandaydir to‘siq yuzaga kelgan. Bu holatda so‘nggi 24 soat ichida ikki lider tomonidan ifodalangan optimistik kayfiyatni bulut qoplagan bo‘lishi mumkin», - deydi Xanna.
Axios nashrining yozishicha, seshanba kuni Netanyahu yetib kelishidan avval Qatar delegatsiyasi Oq uyda yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashgan.
Tramp Netanyahu bilan uchrashuvidan biroz oldin uning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff G‘azo bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi deyarli tayyor ekanini va haftaning oxirigacha kelishuvga erishishga umid qilayotganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va Hamasni to‘xtatib turgan muammolar to‘rttadan bittaga tushgan. «Umid qilamizki, hafta oxirigacha 60 kunlik o‘t ochmaslik sulhi bo‘yicha kelishuvga erishamiz. 10 nafar garovdagi odam tirik holda ozod qilinadi, 9 nafar jasad topshiriladi», - degan Uitkoff jurnalistlarga.
Hozircha hal etilmagan yagona muammo — Isroil mudofaa kuchlari G‘azodan qaysi chiziqqacha chekinishi kerakligi masalasi.
Manbalarga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari tomonlar IDF qayta joylashish xaritalarini muhokama qilgan. Hamas so‘nggi sulh buzilishidan (mart oyi) avvalgi chiziqlargacha chekinishni talab qilmoqda, Isroil bu talabni rad etmoqda.
Ammo Netanyahu bu so‘zlardan so‘ng AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan uchrashuvda shunday dedi:
«G‘azodagi ishimiz hali tugamagan. Barcha garovdagilarni ozod qilishimiz, Hamasning harbiy va siyosiy imkoniyatlarini yo‘q qilishimiz kerak», - dedi u. «Sulh bo‘yicha muzokaralar, albatta, davom etmoqda».

Isroil OAVlari Netanyahu Trampdan G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishish uchun «jiddiy bosim» ostida qolganini xabar qilmoqda. Shuningdek, Tramp vakili Uitkoffning Doxaga uchish rejasida kechikish yuzaga kelgani haqida xabarlar bor. Bu esa avvaliga optimistik bayonotlar bergan Uitkoff pozitsiyasining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

00:48
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

21:32 / 27.07.2025
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

20:11 / 27.07.2025