Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochta xodimlari har yili qayta tayyorlashdan o‘tkaziladi
Moliya vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan qator qarorlar qabul qilindi.
Ular:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (1);
“Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (2).
Birinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat vazifalariga o‘zgartirishlar kiritildi (1).
Aynan:
- Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyasini kechiktirmasdan va oldindan xabar qilmasdan to‘xtatib turish va (yoki) pul mablag‘larini yohud boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish. Yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘larini hisobga kiritish bo‘yicha operatsiyalar bundan mustasno (ilgari - istisnolar bo‘lmagan);
- yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila a'zolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish (ilgari - yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila a'zolari);
- pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni 30 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘xtatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining (Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajarish.
Qoidalarga (1) kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalar va vakolatlar Moliya vazirligiga o‘tkazildi.
Qoidalarga (1) rioya qilinishiga javobgar bo‘lgan nazoratchilarning majburiyatlari to‘ldirildi. Bular:
- benefitsiar mulkdorlar shaxsini o‘rganish bo‘yicha imkon qadar choralar ko‘rish;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv tadbirlarida ishtirok etish va olingan ma'lumotlarni xodimlarga yetkazish.
Ikkinchidan, qoidalarga (2) uchinchi tomon tushunchasi kiritildi. Bu - O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan va pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasida ko‘rsatilgan tashkilotlar.
Belgilanishicha, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari har yili jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha ularning zamonaviy texnika, usullar va yo‘nalishlarda xabardorligini oshirish, qonunchilik va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirish maqsadida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va o‘qitish dasturini ishlab chiqadi.
Foydalanuvchini lozim darajada tekshirish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlar foydalanuvchini va uning nomidan tegishli hujjatlar asosida ish ko‘rayotgan shaxsni identifikatsiya qilish bilan to‘ldirildi.
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchinchi tomonlarning foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirish natijalari bo‘yicha so‘nggi javobgarlik pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining zimmasida qoladi.
Belgilanishicha, xalqaro pul o‘tkazmalari operatsiyalarini amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
- o‘zlarining ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalari va ushbu bo‘linmalar xodimlarining hisobini yuritishlari;
- pul o‘tkazmalariga oid operatsiyalarni jismoniy shaxs - foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirgandan so‘ng amalga oshirishlari;
- jo‘natiladigan pul o‘tkazmalarini foydalanuvchi haqidagi (nomi; hujjat (pasport/identifikatsiya ID-kartaning raqami yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat) seriyasi va raqami; operatsiyaning xos raqami; jo‘natuvchining manzili yoki davlat raqami belgisi yoki jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; operatsiyaning xos raqami) aniq ma'lumotlar bilan birga yuborilishini ta'minlashlari;
- oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan choralarni ko‘rishlari;
- oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma'lumotlarga ega bo‘lmagan xalqaro pul o‘tkazmalari aniqlanganda operatorlar, provayderlar tomonidan ko‘riladigan choralar (ijro qilish, rad etish, to‘xtatish yoki boshqalar) tartibini belgilovchi, tavakkalchiliklarni baholashga asoslangan ichki hujjatni ishlab chiqishlari kerak.
Shuningdek, qoidalarda qo‘llaniladigan “yuqori mansabdor shaxslar” tushunchasi kengaytirildi. Endi, bu - chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma'muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar. “Yuqori mansabdor shaxslarga yaqin bo‘lgan shaxslar” tushunchasi kiritildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
-
«PSJ» «Real»ga ham hech qanday imkon qoldirmadi va 4 ta javobsiz gol urdi
Sport | 08:07
-
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi
Jahon | 08:05
-
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Jamiyat | 08:02
Mavzuga oid

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

15:54 / 04.06.2025
O‘zbekistonda kredit olganlarning 40 foizi oylik daromadining yarmidan ko‘pini kredit to‘lashga sarflamoqda

11:02 / 03.06.2025
Chet eldan olingan pul o‘tkazmasi soliqqa tortiladimi?

11:37 / 31.05.2025