Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birjada chigit narxi arzonladi. Avvalroq Antimonopol qo‘mita 34ta klasterga nisbatan ish ochgandi
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi paxta yog‘i narxlari keskin oshgani sababli kompleks o‘rganish o‘tkazdi. Narxni sun'iy oshirgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga chora ko‘rilgach, texnik chigitning sotilish narxi 31 foizga arzonlagan.

Antimonopol qo‘mita paxta yog‘i narxlari keskin oshishi munosabati bilan kompleks o‘rganish natijalarini e'lon qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, paxta yog‘i narxi ko‘tarilishiga ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo bo‘lgan texnik chigitning birja savdolaridagi boshlang‘ich narxlari asossiz oshirib qo‘yilishi ham ta'sir etgan.
«2021 yil aprel oyi davomida 40 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan 1 tonna texnik chigit birja savdolariga 4—4,5 mln so‘mdan boshlang‘ich narxlarda qo‘yilgan va birinchi chorakka nisbatan o‘rtacha 38 foizga oshirilgan. O‘z navbatida, boshlang‘ich narxlar oshgani sababli ularning sotilish narxlari ham oshgan va o‘rtacha 4,5—5 mln so‘m atrofida shakllangan», — deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma'lum qilinishicha, birja savdolarida texnik chigitning boshlang‘ich narxlarini kelishib, sun'iy oshirish kabi holatlar mavjudligi hamda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgani yuzasidan 34 ta paxta-to‘qimachilik klasteriga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Natijada, ushbu paxta-to‘qimachilik klasterlariga birja savdolari orqali yuqori narxlarda sotilgan texnik chigit bo‘yicha bitimlarni bekor qilish hamda 1 tonna texnik chigit mahsulotini narx sun'iy oshirilgunga qadar real talab va taklif asosida shakllangan 2,5—3,2 mln so‘m boshlang‘ich narxlarda birja savdolariga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror va ko‘rsatmalar berilgan.
Qo‘mita ko‘rilgan choralar natijasida joriy yil may oyining 10—12 kunlarida paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan boshlang‘ich narxlar tushirilib, sotish narxlari o‘rtacha 3,4 mln so‘m atrofida shakllanganini ma'lum qildi. Natijada chigitning boshlang‘ich narxi 39 foizga, sotish narxi esa 31 foizga pasaygan.
Shuningdek, qo‘mita tomonidan sun'iy tanqislik yuzaga keltirilishi oldini olish maqsadida birja savdolarida bir xaridor olishi mumkin bo‘lgan kunlik maksimal hajm 3 tonna miqdorida belgilandi.
Avvalroq Aksilmonopoliya qo‘mitasi paxta yog‘i narxlari oshish sabablarini o‘rganib, 34 ta klasterga nisbatan ish ochganini ma'lum qilgandi.
Shuningdek, o‘tgan yil yetishtirilgan paxta hosilidan olingan chigitni mamlakatdagi 14 ta klaster korxonasi birja savdolariga chiqarmagani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

12:00 / 15.10.2023
Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

20:41 / 21.12.2022
Har mavsumda shu bo‘lar takror. Qashqadaryoda yana chigit mashmashasi boshlandi

22:56 / 08.01.2022