Qashqadaryoda noqonuniy ushlab turilgan chigit Kattaqo‘rg‘onga yetib keldi
O‘n kun davomida “Umakay” postida ushlab turilgan chigit “urug‘lik uchun edi” deyildi va boshqasiga almashtirib berildi. “Texnik chigit” deya aytilayotgan yuklar ortilgan “karvon” Kattaqo‘rg‘onga kirib keldi.

Foto: Kun.uz
Bu haqda chigitni birjadan sotib olgan “Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MChJ bosh hisobchisi Umidjon Toirov Kun.uz'ga ma’lum qildi. Toirovga ko‘ra, postda o‘n kun davomida qolib ketgan mahsulot “Oq Saroy Textile” MChJ tomonidan qaytarib olib ketilgan va uning o‘rniga 7 yanvar kuni yuz tonna chigit Kattaqo‘rg‘on shahriga yetkazib berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 28 dekabr kuni Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida 100 tonna chigit ushlab qolindi. Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi, senator Gavhar Alimovaga ko‘ra, bu topshiriq Qashqadaryo viloyati hokimi tomonidan berilgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng Qashqadaryo viloyati hokimligining bayonoti e’lon qilindi. Unda mahsulot tadbirkorning hujjatlaridagi kamchilik sabab to‘xtatildi deyildi. Bir muddat o‘tib chigitni birja savdolari orqali sotgan “Oq Saroy Textile” MChJ butunlay boshqa munosabat bildirdi. Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlarga texnik chigit o‘rniga 2022 yil hosili uchun ekilishi rejalashtirilgan o‘g‘itlik chigit yuklab yuborgani haqida ma’lum qildi va texnik chigitga almashtirib berishini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
-
Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» safiga o‘tdi
Sport | 19:58
-
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

15:13 / 20.06.2025