Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir bemorga individual yondashilmoqda - SSV Zangiotadagi shifoxonada qanday taomlar berilayotgani haqida ma'lumot berdi
Ma'lumki, koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda immunitet holati muhim ahamiyatga ega. Shu bois, uni mustahkamlash uchun taomnomada oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lishi lozim. Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida bemorlarning kunlik ratsionidan qanday oziq-ovqat mahsulotlari o‘rin olgan?

Foto: Senat matbuot xizmati
SSV matbuot xizmati mazkur Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi blok rahbari Baxshillo Mamirovga bir necha savollar bilan murojaat qildi.
— Markaz oshxonasi qanday faoliyat yuritadi?
— Tibbiyot muassasasining oshxonasi autsorsing tizimida ishlaydi. Shifoxonaning statistika bo‘limiga har kuni ikki marta — ertalab va kechqurun bemorlar soni bo‘yicha to‘liq ma'lumot beriladi. So‘ng ushbu ma'lumot asosida taom tayyorlanadi.
Shuni aytish lozimki, shifoxonada har bir bemorga individual yondashilgan holda 1-, 9- va 15-stolda parhez taomlari tayyorlanadi. 1-stol reanimatsiya bo‘limi, 9-stolda qandli diabet kasalligi bor bemorlar uchun taom tayyorlansa, 15-stol esa odatdagi bemorlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Barcha taomlar sanitariya qoidalariga va parhez taomlari tayyorlanish texnologiyalariga rioya qilingan holda tayyorlanadi. Koronavirusga chalingan bemorlar taomnomasi har 14 kunda yangilanadi.
Ertalabki nonushtada turli bo‘tqalar, tuxum, brinza, pishloq, qovurilgan kolbasa, smetana, kakaoli sut, shirin choy, bulochka, sariyog‘ berilsa, tushlikka immunitetni ko‘taruvchi oqsilga boy ikki xil ovqat, salat, sharbat tayyorlanadi.
— Taomlar qanday yetkazib beriladi?
— Taomni yetkazib berish jarayoni ham bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, ovqat tayyor bo‘lgach, maxsus idishlarga solinadi va tarozida o‘lchanib, bo‘limlarga maxsus avtomashinalarda olib boriladi.
So‘ng taom palatalar bo‘ylab tarqatiladi. Har bir palatadagi bemor uchun alohida idish ajratilgan bo‘lib, taomdan so‘ng ular uch bosqichda dizenfeksiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Germaniyada bir yil ichida deportatsiyalar soni sezilarli darajada oshdi
Jahon | 13:58
-
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 13:32
Mavzuga oid

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

17:02 / 26.02.2025
Olimlar 100 yoshga kirishga yordam beruvchi 10 ta mahsulotni ma’lum qildi

14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

23:02 / 18.12.2024