Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotira va qadrlash bayrami tadbirlari karantin doirasida o‘tkaziladi. Boshqa ommaviy tadbirlarga ruxsat berilmaydi

9 may kungi bayram tadbirlari prezident qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida, qat'iy karantin talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiya axborotida ma'lum qilindi.
«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab 300dan oshgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich joriy yil 6 may holatiga 450dan oshganligi ham fuqarolarimiz tomonidan karantin cheklovlariga amal qilish mas'uliyatini yanada oshirishni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan aholi salomatligini saqlash, mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlash bayrami bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarni faqatgina O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ–5081-son qarori bilan tasdiqlangan 9 may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi doirasida karantin talablariga qat'iy rioya etgan holda amalga oshirish zarur.
Bunda yuqoridagi dasturda nazarda tutilmagan boshqa har qanday ommaviy tadbirlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Ushbu karantin chekloviga rioya etilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi», deyiladi axborotda.
Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda 9 may kuni poytaxtda «O‘lmas polk» («Bessmertniy polk») aksiyasini o‘tkazishga ruxsat berilgani to‘g‘risida xabar tarqalgan, Toshkent shahar hokimligi bu xabarlarga munosabat bildirib, anglashilmovchilik tufayli shunday xabar tarqalgani, bunday tadbirlarga ruxsat berilmaganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 1 maydan ommaviy tadbirlarda cheklovlar kuchga kirgandi. Lekin 1 may kuni Toshkent markazidagi Xalqlar do‘stligi maydonida «G‘alaba qo‘shiqlari» konserti o‘tkazilgan, unda SSSR bayrog‘i ko‘tarilishi keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

12:58 / 30.06.2024