Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vaksina qabul qildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev 3 may kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
«Aholini ommaviy emlash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mana, men ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandim. Bu bilan o‘zim, oila a'zolarimning salomatligini himoya qilishim mumkin», degan Bahodir Yusupaliyev.
Ayni paytgacha O‘zbekistonda virusga qarshi emlangan fuqarolar soni 856 mingdan oshgan.
O‘zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlardan boshlangandi. Dastlabki bosqichda 65 yoshdan kattalar, surunkali kasalligi borlar, tibbiyot va ta'lim muassasalari (maktab va bog‘cha) xodimlari, shuningdek, huquq-tartibot organlari vakillari emlangandi.
May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi. Bu oydan vaksina qabul qiluvchilar toifasi ham kengaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
-
Xorijliklarga safarbarlik davrida Rossiya QKda xizmat qilishga ruxsat berildi
Jahon | 09:44
-
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 09:35
Mavzuga oid

13:00 / 03.07.2021
SES boshlig‘i vaksinalar necha dollardan sotib olinganini ma'lum qildi

14:42 / 17.04.2021
O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinayotgani ma'lum qilindi

19:33 / 17.03.2021
Bahodir Yusupaliyev: Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani, u butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi

17:56 / 17.03.2021