Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Yusupaliyev: Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani, u butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha paydo bo‘lgan ishonchsizlik asossiz ekanligi va zararli ta'sir qilgan deb baholangan holatlar juda kamligini aytib o‘tdi.
Bugun, 17 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «SOVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev AstraZeneca vaksinasi bo‘yicha ko‘payayotgan savollarga to‘xtalib o‘tdi.

«AstraZeneca vaksinasi bilan Yevropa ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. Ular orasida zararli ta'sir qilgan deb baholangan holatlar milliondan bittani tashkil qiladi.
Bunda asosan tromboz holatlari (tomir ichida paydo bo‘ladigan qon laxtasi tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi) kuzatildi. Vaksina bilan dastlab yoshi katta odamlar emlanishi boshlanganini hisobga olsak bu tabiiy holat. Masalan, xuddi shu holat Pfizer vaksinasida ham kuzatilgan. Bunday nojo‘ya ta'sirlar aynan vaksina tufayli kelib chiqdi deb hech kim aytolmaydi, hatto JSST ham.
Dunyoda biror vaksina qo‘llashdan to‘xtatib turilgani, u butunlay zararli degan xulosaga olib kelmaydi. Shunchaki hozirda uning ta'sirlari borasida chuqur o‘rganishlar olib borilmoqda», deya Bahodir Yusupaliyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq AstraZeneca vaksinasining hindcha muqobili hisoblangan CoviShield vaksinasidan 660 ming doza qabul qilib olingani xabar qilingandi. Fevral oyi boshida O‘zbekiston Britaniyadagi Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan tayyorlangan vaksinadan 2,6 million doza olishi haqida ma'lumot berilgan.
So‘nggi kunlarda ushbu vaksina trombozga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin Daniya, Norvegiya, Islandiya, Italiya, Avstriya, Estoniya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Bolgariya, Niderlandiya, Portugaliya, Kipr, Sloveniya va hatto Shvetsiyada ham vaksinatsiya jarayoni vaqtinchalik to‘xtatilgani, Tailandda esa keyinga qoldirilgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Starovoyt o‘zini o‘ldirishi Kurskda mudofaa inshootlari qurilishidagi o‘g‘irliklar bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16
-
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:15
-
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi
Jahon | 20:58
-
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi
O‘zbekiston | 20:51
Mavzuga oid

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024